Islandiyada ilk bor chivin aniqlandi

Bu qiziq

image

Olimlar Islandiya davlatida tarixda birinchi marta chivinni aniqladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 16 oktyabr kuni tabiatshunos olim Byorn Xyaltason Islandiyaning Kjos shahrida, poytaxt Reykyavikdan 20 mil shimolda uchta chivinni topgan. U Islandiya Tabiatshunoslik institutining entomologi Matias Alfredsson bilan bog‘langan va ular jami uchta, ikkita urg‘ochi va bir erkak chivinni tutgan.

Shuningdek, Alfredsson ko‘p yillar oldin ham mamlakatning Keflavik xalqaro aeroportida samolyotda boshqa turdagi bitta chivin topilganini aytgan.

“Bu Islandiyada tabiiy muhitda paydo bo‘lgan chivinlarning birinchisidir. Bu tur sovuqroq iqlimga yaxshi moslashgan ko‘rinadi, kattalari yopiq joylarda sovuqdan chiqishi mumkin. Ular harorat tushganda uzoq va qahraton qishlarda ham omon qolishi  mumkin”, deydi olim.

Alfredssonning ta’kidlashicha, chivinlarnin paydo bo‘lishida iqlim o‘zgarishi rol o‘ynaganiga ishonchi komil emas, ammo issiqlik haroratining ko‘tarilishi Islandiyada boshqa chivin turlarining paydo bo‘lishi ehtimolini oshirishi mumkin. Ular Islandiyaga qanday kelib qolgani noma’lum, biroq olimlar ularni kema va konteynerlar orqali kelgan deb tahmin qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada 35 yoshli raqqosa ayol Angoladagi gastroli chog‘ida chivin chaqishi oqibatida komaga tushgan va oyoq qo‘lidan ayrilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Islandiya chivin Kjos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing