Isiba iste’fosi haqidagi xabarlarni rad etdi
Olam
−
23 iyul 2080 1 daqiqa
Avvalroq, Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba avgust oyining oxirigacha iste’foga chiqmoqchi ekani haqida xabar berilgandi. Isiba ushbu xabarlarni rad etdi. Bu haqda bugun, 23 iyul kuni vazirga yaqin manbalarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Mahalliy OAVlar Isiba avgust oyining boshida iste’foga chiqishini e’lon qilmoqchi ekani haqida yozgan edi. U ayni vaqtda hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) saylovlardagi mag‘lubiyati uchun mas’uliyatni zimmasiga olmoqchi ekani aytilgan.
Ammo siyosatchining aytishicha, iste’foga chiqish masalasi muhokama qilinmagan.
Ma’lumot uchun, LDP 1955 yildan beri ilk bor parlamentning har ikki palatasida ham ko‘pchilik o‘rnini yo‘qotdi. Isiba rahbarligidagi hukumatning reytingi 20 foizgacha tushib ketdi. 2024 yilning kuzida hukmron koalitsiya quyi palatada ham ko‘pchilik o‘rinni yo‘qotgan edi. Shundan so‘ng, LDP ichida Bosh vazirni iste’foga chiqarish tarafdorlari ko‘paygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isibaning shaxsiy boyligi qariyb 33,8 mln iyena (218,2 ming dollar)ga tengligi haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr