Ishsiz aholiga vaqtincha yer bergan fermer xo‘jaliklariga soliq imtiyozi beriladi – Qonun loyihasi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qonun loyihasining maqsad va vazifalari:

  • Fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlariga tegishli g‘alladan bo‘shagan yer uchastkalarini yer solig‘idan ozod qilish ko‘rinishida rag‘batlantirish;
  • Elektron hisobvaraq-fakturalarga tuzatish kiritishni faqat hisobot oyida amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish;
  • Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq qarzini yuzaga keltirish bilan bog‘liq firibgarlik sxemalarini qo‘llash va shubhali faoliyat yuritishning oldini olish.

Mazkur loyihaning qabul qilinishi bilan g‘allaga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlarini yer solig‘idan ozod qilinadi hamda ushbu mablag‘lar ularning ixtiyorida qoladi. 

Shu jumladan, g‘alladan bo‘shagan yer uchastkalarini ishsiz aholiga ijara asosida berilishi natijasida ishsizlik ko‘rsatkichlari pasayadi, elektron hisobvaraq-fakturalarga tuzatish kiritishni faqat hisobot oyida amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yiladi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq qarzini yuzaga keltirish bilan bog‘liq firibgarlik sxemalarini qo‘llash va shubhali faoliyat yuritishning oldi olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq er fermer

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing