Ishlatilgan iPhone’ni sotishning eng yaxshi vaqti aytildi
Texnologiya
−
04 Sentabr 2021
12876Decluttr kompaniyasi mutaxassislari ishlatilgan iPhone’ni sotishning eng yaxshi vaqtini aniqladi. Bu 2021 yilgi xizmat hisobotida keltirilgan.
Ta’kidlanishicha, Apple’ning yangi smartfoni chiqarilgandan keyingi birinchi haftalar eski qurilmalarni sotish uchun ma’qul vaqt.
Tahlilchilar hisob-kitoblariga ko‘ra, agar iPhone 12 egasi qurilmani foydali sotishni rejalashtirgan bo‘lsa, bu yangi model chiqarilganidan keyingi birinchi haftada amalga oshirilishi kerak. Masalan, birinchi oyda gadjetning narxi o‘rtacha 12 foizga kamayadi. Uch oy ichida pasayish taxminan 20 foizni tashkil qiladi.
Kompaniya o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, ushbu qurilma egalarining deyarli yarmi (46 foiz) sotishni kechiktiradi va o‘rtacha 10 haftadan so‘ng eski qurilmadan qutuladi. Bu davr mobaynida iPhone narxi deyarli uch barobar arzonlashadi.
Decluttr kompaniyasiga ko‘ra, Apple smartfonlari, odatda, boshqa smartfonlarga qaraganda sekinroq qadrsizlanadi. Masalan, iPhone 11 yil davomida 37 foizga, iPhone XS Max va iPhone 11 Pro Max esa 43 foizga arzonlashgan.
Avvalroq, iPhone 13 liniyasi joriy yilning 17 sentyabrida, AirPods 3 esa 30 sentyabrda sotuvga chiqarilishi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi