ISHIDning qancha jangarisi borligi oshkor etildi

Olam

image

Suriya va Iroqdagi ISHID guruhining jangarilari soni 18 mingga yetishi mumkin. Afg‘onistonda esa yana mingga yaqin jangari bor. Bu haqda AQSH Davlat departamentining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha 2019 yil uchun hisobotida keltirib o‘tilgan.

"Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, Iroq va Suriyadagi ISHID jangarilarining soni 11 mingdan 18 minggachadir. Jumladan, ular ichida bir necha ming xorijiy jangari ham bor. Afg‘onistonning Xurosonida esa qariyb 1 ming jangari mavjud", deyiladi bayonotda. 

Ta’kidlanishicha, ISHID Iroq va Suriyadagi mojaro zonasidan tashqaridagi hududlarda o‘z faoliyatini yanada kuchaytirgan.

"ISHID Markaziy va Sharqiy Afrika, Shimoliy Afrika va G‘arbiy Afrikada moliyaviy va logistika markazlarini ishga tushirdi. Shuningdek, guruh Pokiston va Hindistonda ikkita yangi filialni ochganini e’lon qildi", deyiladi hujjatda.


Maqola muallifi

Teglar

IShID

Baholaganlar

850

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing