ISHIDning ikki muhim jangarisi yo‘q qilindi – AQSH Markaziy qo‘mondonligi

Olam

image

Kecha, 6  oktyabr kuni AQSHning Suriya shimolidagi havo hujumi natijasida “Islomiy davlat” terrorchilik guruhining ikki yuqori martabali a’zosi yo‘q qilindi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, gap Suriyadagi ISHID yetakchisining o‘rinbosari Abu Hashum al-Umaviy va u bilan aloqador bo‘lgan ISHIDning yuqori martabali a’zosi haqida ketmoqda. 

Markaziy qo‘mondonlikning xabar berishicha, operatsiya davomida amerikalik harbiylardan hech kim jabrlanmagan. AQSH harbiy texnikasining yo‘qolishi yoki shikastlanishi ham qayd etilmagan.  

“Ushbu hujum ISHIDning mintaqani beqarorlashtirish hamda bizning kuchlar va hamkorlarimizga hujum qilish qobiliyatini zaiflashtiradi”, deya Qurolli kuchlar markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Kurill. 

Avvalroq Pentagon 6 oktyabrga o‘tar kechasi ISHIDning yana bir yuqori martabali amaldori Rakkan Vohid ash-Shamriy vertolyot reydida o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi. 

Suriyada ISHID yetakchilarining o‘limi

Qo‘shma Shtatlar "Islomiy davlat" terror guruhiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiyaga boshchilik qilmoqda. Iyul oyida AQSH Mudofaa vazirligi Suriyadagi ISHID yetakchisi Maher al-Agal o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, u mamlakat shimolida uchuvchisiz havo hujumi oqibatida halok bo‘lgan. 

Joriy yilning boshida ISHID yetakchisi Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurashiy AQSHning Suriyadagi tungi amaliyoti chog‘ida o‘ldirilgan edi. Xabar qilinishicha, u o‘zini portlatib yuborgan, shuningdek, oilasining bir qancha a’zolari, jumladan, ayollar va bolalarni ham o‘ldirgan. 

Terrorchi guruh 2019 yil mart oyida Suriyada nazorati ostidagi so‘nggi hudud ustidan nazoratni yo‘qotganidan beri ISHIDning qolgan jangarilarining aksariyati yer ostiga o‘tishgan. Ular xavfsiz uylardan kurd jangarilari va Suriya hukumati askarlariga hujum qilishda davom etmoqda, shuningdek, qo‘shni Iroqda ham hujumlar uyushtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

IShID

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing