ISHID Avstriyadagi teraktga aloqadorligini e’lon qildi
Olam
−
03 noyabr 2020
7255Ekstremistlarning axborot faoliyatini kuzatuvchi Amerikaning SITE Intelligence Group kompaniyasining xabar berishicha, jihodchilar Venadagi hujumga aloqadorligini e’lon qilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu hodisa Avstriyaning ISHID terroristik guruhiga qarshi kurash bo‘yicha AQSH boshchiligidagi koalitsiyada ishtirok etgani uchun “hisob-kitob” bo‘lgan.
eslatib o‘tamiz, Kecha, 2 noyabr kuni Avstriya poytaxti Venada qurollangan bir necha kishi olti xil joyda o‘q uzishni boshladi. Hujumlardan biri yahudiylarning ibodatxonasi yaqinida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan. 14 kishi yaralangan.
Avstriya kansleri Sebastyan Kurs mazkur voqeani terakt, deb atadi.
LiveBarchasi