ISHID Afg‘onistondagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 11 yanvar kuni Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi oldida terakt yuz bergandi. ISHID ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani aytilmoqda. Bu haqda “Sputnik Afganistan” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, xudkush-terrorchining ismi Xaybar Qandagari bo‘lib, u Tashqi ishlar vazirligi xodimlari va qo‘riqchilari orasida o‘zini portlatgan. Hujum oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan va 40 kishi jarohatlangan. “Tolibon” vakilining aytishicha, xudkush terrorchi vazirlik binosiga kirishga uringan. Biroq u xavfsizlik xodimlari tomonidan to‘xtatib qolinganidan so‘ng portlash sodir etgan.

Shuningdek, voqea yuz bergan kun Xitoy diplomatlari delegatsiyasi TIV binosiga kelishi kerak bo‘lgan. Ammo portlash vaqtida delegatsiya vakillari u yerda bo‘lgan yoki bo‘lmagani aniq emas. Shuningdek, hujumdan maqsad tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sher Muhammad Abbos Stanizkayni yo‘q qilish bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rasmiy Toshkent Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralagani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afg'oniston IShID terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing