Afg‘oniston TIV binosida portlash. Qurbonlar bor
Olam
−
11 yanvar 2023
6207Bugun, 11 yanvar kuni Afg‘oniston poytaxti Qobul markazida mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatdagi Tashqi ishlar vazirligi binosi yonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali “Tolibon” hukumatidagi manbaga tayanib xabar berdi.
“Tolibon” hukumatidagi Bosh vazir idorasi rahbari o‘rinbosari Ahmadulloh Muttaqiy o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilishicha, Tashqi ishlar vazirligi binosiga xudkush-terrorchi hujum uyushtirmoqchi bo‘lgan.
“Men bu yerda Tashqi ishlar vazirligidaman, xudkush-terrorchi vazirlikka kirmoqchi bo‘ldi, lekin xavfsizlik xodimlari uni [bino] eshigidan to‘xtatib qoldilar, terrorchi o‘zini portlatib yubordi”, deb yozdi u.
“Al Jazeera”ga ko‘ra, portlashda kamida yetti kishi halok bo‘lgan, va kamida 10 kishi jarohatlangan.
LiveBarchasi