Qobuldagi portlash oqibatida 40 dan ortiq shaxs shifoxonaga yotqizildi

Olam

image

Avvalroq Afg‘oniston poytaxti Qobul markazida mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatdagi Tashqi ishlar vazirligi binosi yonida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Portlash oqibatida 40 dan ortiq yarador Qobuldagi jarrohlik markaziga yetkazildi. Bu haqda “Emergency” xalqaro gumanitar nohukumat tashkiloti ma’lum qildi.

“Biz 40 dan ortiq bemorni qabul qildik, yakuniy raqamni aytish qiyin”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, portlash oqibatida halok bo‘lganlarning aksariyati Tashqi ishlar vazirligi hamda Madaniyat va axborot vazirligida ishlagan.

Bunga qadar “Al Jazeera” nashri portlashda kamida yetti kishi halok bo‘lgani hamda 10 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgandi.

Ta’kidlanishicha, qurbonlar soni o‘sishda davom etmoqda. Afg‘onistondagi Favqulodda vaziyatlar xizmati direktorining so‘zlariga ko‘ra, yaradorlar shunchalik ko‘pki, tibbiyot markazi bemorlar uchun hatto oshxonada ham yotoq o‘rnatishga majbur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, vazirlikka ushbu hujumni xudkush-terrorchi uyushtirmoqchi bo‘lgan. Ammo uni payqab qolishgan va u o‘zini bino yonida portlatib yuborgan.

Shuningdek, 2022 yilning 26 dekabr kuni Afg‘oniston shimoli-sharqida joylashgan Badaxshon viloyatida xavfsizlik kuchlari shtab-kvartirasi yaqinida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston portlash qurbonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing