O‘zbekiston Afg‘onistondagi portlashni qoraladi

Jamiyat

image

Rasmiy Toshkent Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bugun, 12 yanvar kuni bergan bayonotida so‘z borgan.

“Joriy yil 11 yanvar kuni Qobul shahrida Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz.  

Ushbu qabih harakat ko‘plab insonlar, asosan, tashqi siyosat idorasi xodimlari orasida qurbonlarga sabab bo‘ldi.  

Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 yanvar kuni Qobulda TIV binosi yonida xudkush-terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Oqibatda 21 kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq odam jarohatlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing