“Ishyoqmas” talabalar 50 xil vazifani bajara oladigan robot yasadi (video)

Texnologiya

image

Kaliforniyadagi Stenford universiteti talabalari oddiy materialdan 2 funksiyali yordamchi robotni ixtiro qildi. Bu haqda "Gagadget" nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ushbu robotga "Mobile Aloha" deb nom berilgan. U 50 xil vazifani bajara oladi. Jumladan, u liftning chaqirish tugmachasini bosish, qisqichbaqa qovurish, oshxona anjomlarini joylashtirish, shkaf eshigini ochish, qo‘ng‘iroq qilish va qo‘ng‘iroqqa javob berish kabi vazifalarni mustaqil bajara oladi.

Shuningdek, ishlab chiquvchilar barcha loyiha materiallari, jumladan shunga o‘xshash robotni yasash bo‘yicha ko‘rsatmalar, ma’lumotlar to‘plami va robotni vazifa bajarishga o‘rgatish kodlarini ommaga taqdim etgan. Bu orqali qiziquvchilar ham xuddi shunday robot yasashi mumkin bo‘ladi.

Hozirda ushbu yordamchi robot 32 ming dollarga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyaning Envision Racing formula poygalari kompaniyasi rassom Liam Xopkins bilan birgalikda tashlab yuborilgan gadjetlardan Formula E poyga mashinasining to‘liq o‘lchamli, boshqariladigan nusxasini yasagandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

robot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing