Ishchilikdan hokimlikkacha. Chinozga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
05 fevral
13071Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga Sherzod Abduhakimovich Solihov hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi
Tayinlovga qadar Sherzod Solihov Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Sherzod Solihov 1982 yili Toshkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2004 yili Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2017 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan. Sherzod Solihov mehnat faoliyatini Toshkent tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi shirkat xo‘jaligida ishchi vazifasida boshlagan.
Shuningdek, faoliyati davomida u “Abduhakim baraka” fermer xo‘jaligi rahbari, Zangiota tumani “Navoiy mirishkor” agrofirmasi rahbari, Toshkent tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari singari mas’ul vazifalarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Chinoz tumanining oldingi hokimi Botir Olimbekov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi