Ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishga doir nizom tasdiqlandi
Jamiyat
−
07 may 2019
9299"Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish to‘g‘risida"gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga muvofiq, reyestrni yuritishdan maqsad fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqini yakka tartibda hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarning yagona elektron axborot bazasini yaratish hisoblanadi.
Ish haqini hisobga olish reyestri fuqarolarning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida Davlat soliq qo‘mitasining markazlashgan axborot bazasida shakllantiriladi.
Pensiyalarini o‘z vaqtida tayinlash va to‘lash uchun Pensiya jamg‘armasi markazlashgan axborot bazasida joylashgan ma’lumotlardan foydalanish maqsadida soliq organlariga elektron so‘rov yuboradi.
Soliq organlari so‘rov kelib tushgan kunning o‘zida Pensiya jamg‘armasiga ma’lumotlarni berishi lozim.
Fuqarolar ish beruvchidan ish haqining oyma-oy bo‘lingan holati haqidagi ma’lumotnomani bepul olish huquqiga ega.
LiveBarchasi