Isak “Nyukasl” mashg‘ulotlarida qatnashmayapti – OAV
Sport
−
15 avgust 1497 1 daqiqa
Shvetsiyalik hujumchi Aleksandr Isak jamoaning unga bo‘lgan munosabatidan norozi va mavsumni “Nyukasl”da davom ettirish niyatida emas. Bu haqda “Daily Mirror” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Isak Angliya Premer-ligasining birinchi turida “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. Shu sababli klub rahbariyati uni jarimaga tortishi mumkin.
Qayd etish joiz, bungacha Isak “Nyukasl”dan “Liverpul”ga o‘tishni xoylayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Xususan, “Nyukasl” “Liverpul”ning Isak uchun 110 million funt sterlinglik taklifini rad etgan. “Liverpul” esa boshqa taklif yuborish niyatida emas. Isakning o‘zi transfer oynasi qanday yakunlanishidan qat’i nazar klubga qaytish niyati yo‘qligini bildirgan.
“Nyukasl” bosh murabbiy Eddi Xau ham bu holatni tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isakning bunday harakatlari jamoa ichki muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, murabbiy mavsumni hujumchisiz boshlash jamoa uchun muammo bo‘lishini ham yashirmagan.
Ma’lumot uchun, ertaga, 16 avgust kuni “Nyukasl Yunayted” Angliya Premer-ligasi yangi mavsumini “Aston Villa”ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.