“Barselona” uyida “Nyukasl”ni yirik hisobda yengdi

Sport

image

Kecha, 18 mart kuni Chempionlar ligasi 1/8 finali javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniyaning “Barselona” jamoasi Angliyaning “Nyukasl” klubini yirik 7:2 hisobda mag‘lub etdi.

Uchrashuv Barselonadagi “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tdi va mezbonlarning 7:2 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. “Barselona” safida Rafinya (6 va 72-daqiqalar) hamda Robert Levandovskiy (55 va 61-daqiqalar) ikkitadan gol urdi. Shuningdek, Mark Bernal (18-daqiqa), Lamin Yamal (45+7-daqiqa, penalti) va Fermin Lopes (51-daqiqa) ham gol muallifiga aylandi. “Nyukasl” safida esa Entoni Elanga (15 va 28-daqiqalar) dubl qayd etdi.

82-daqiqada “Barselona” darvozaboni Joan Garsiya jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Voysex Shchesni maydonga tushirildi. Uchrashuvdagi goli evaziga Lamin Yamal 18 yosh-u 248 kunligida Chempionlar ligasi tarixida 10 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi va Kilian Mbappega tegishli (18 yosh 350 kun) rekordni yangiladi. O‘z navbatida, 37 yosh-u 209 kunligida Robert Levandovskiy ushbu musobaqada dubl qayd etgan eng yoshi katta futbolchiga aylanib, Filippo Inzagi natijasini ortda qoldirdi.

Bundan tashqari, Fermin Lopes 2025-2026 yilgi Chempionlar ligasida 6 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan bir mavsumda 10 ta samarali harakat qayd etgan “Barselona”ning ilk ispaniyalik futbolchisiga aylandi. 

Eslatib o‘tamiz, Angliyada o‘tgan ilk uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangandi. 

Endilikda “Barselona” Chorak finalda “Atletiko Madrid”ga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi “Barselona” “N'yukasl”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing