Politsiya “Nyukasl” futbolçisini qölga oliş uçun operatsiya ötkazdi
Sport
−
11:58 435 2 daqiqa
“Nyukasl” himoyaçisi Amar Dediç Angliyaning Nortumberlend hududida kamon va öq bilan köriniş berganidan söng politsiya tekşiruviga duç keldi. Bu haqda “Daily Mail” naşri xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, “Nyukasl” şahri yaqinidagi suv ombori atrofida qurol kötargan ikki kişini körgan guvohning xabaridan söng politsiya operatsiyasi boşlangan. Hodisa joyiga kamida oltita patrul avtomobili, jumladan, maxsus tezkor guruhlar ham jalb etilgan.
Dediç va uning hamrohi voqea joyidan taxminan 11 kilometr uzoqlikdagi Daras-Xoll hududida töxtatilgan. Politsiya ularning avtomobilini tekşirib, kamon va öqlarni musodara qilgan. 24 yoşli futbolçi esa hodisa tafsilotlari yuzasidan söroq qilingan.
Politsiya xodimlari Dediç bilan suhbatlaşayotgan vaqtda voqea joyiga “Nyukasl” darvozaboni Mark Gillespi hamda klubning sobiq himoyaçisi Pol Dammett ham yetib kelgan. Naşrning yozişiça, ular tasodifan yaqin atrofda bölgan va yordam taklif qiliş uçun töxtagan.
Erkaklar bilan suhbatdan söng politsiya boşqalar uçun heç qanday xavf yöq, degan xulosaga kelgan. Huquq-tartibot idoralari mazkur jihozlar dam oliş maqsadida işlatilgan bölişi mumkinligini bildirgan.
Ma’lumotlarga köra, Dediç va uning hamrohi şahar taşqarisida sayr qiliş vaqtida kamondan bir neça marta öq uzgan. Ular nimani nişonga olgani hozirça noma’lum. Buyuk Britaniyada hayvonlar va quşlarni kamon yoki arbalet yordamida ovlaş taqiqlangan.
“Daily Mail” ma’lumotiga köra, “Nyukasl” klubi futbolçiga nisbatan intizomiy çora körişni rejalaştirmayapti. Biroq jamoaga yaqin manbalar uning bunday jihozlar bilan qişloq hududida sayr qilişga qaror qilganini öylamasdan qilingan iş deb baholamoqda. Hodisa yuzasidan tekşiruv davom etmoqda.
Live
Barchasi