Iroq Yevropadagi migratsiya inqiroziga ta’sir o‘tkazmoqchi

Olam

image

Iroq joriy yilning 18 noyabr kuni Belarus chegarasidan Yevropaga o‘tishga urinayotgan fuqarolarni vataniga qaytarish uchun birinchi reysni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda arab mamlakati Tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berilgan.  

Ta’kidlanishicha, Iroq noqonuniy muhojirlar bilan bog‘liq vaziyat tufayli Belarus bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni to‘xtatib, Bag‘doddagi Belarus faxriy konsulining ishlash ruxsatnomasini bekor qilgan. 

Shuningdek, Iroqning Moskva va Varshavadagi elchixonalari Polsha-Belarus chegarasida qolib ketgan va buni o‘z ixtiyori bilan amalga oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarni Iroqqa qaytarish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirmoqda. 

“Iroqliklarni Belarusdan qaytarish uchun birinchi reys 18 noyabrga rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda. 

Polsha xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Belarusda 15 minggacha muhojir bo‘lishi mumkin, ulardan 2-4 ming nafari Polsha chegaralari yaqinida to‘plangan.  

2021 yilda Polsha chegarachilari Polsha-Belarus chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga 33 mingga yaqin urinishning oldini oldi.  

8 noyabr kuni vaziyat keskinlashdi — bir necha ming muhojir chegaraga yaqinlashdi va vaqti-vaqti bilan katta guruhlar bo‘lib to‘siqlarni buzib, Polshaga kirishga harakat qildi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant Iroq Belarus'

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing