Iroq Eron hujumi ortidan Arab Ligasi kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi
Olam
−
17 yanvar
6731Bag‘dod yaqinda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Erbil shahrini o‘qqa tutgani munosabati bilan Arab Davlatlari Ligasi kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi. Bu haqda Iroq Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Iroq Arab Ligasi Kengashini 2024 yil 17 yanvar kuni Eronning kuni kecha Erbil shahrini bombardimon qilishini qoralash uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga chaqirdi", deyiladi vazirlik bayonotida.
Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, yig‘ilish ishtirokchilari “harakatlarni muvofiqlashtirish va xavfsizlik masalasi” bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, 16 yanvarga o‘tar kechasi Eron Erbildagi bir qancha nishonlarga ballistik raketalar bilan hujum qilgandi. Eron tomoni mamlakat ichidagi so‘nggi terror hujumlariga javoban Erbildagi bir qancha terror nishonlarini bombardimon qilganini bildirgan. Shuningdek, hujum natijasida Isroil razvedka xizmati Mossadning asosiy josuslik qarorgohi vayron qilingani aytildi. Iroq esa Eronning mamlakat hududiga qilgan hujumi ortidan Tehrondagi elchisini chaqirib oldi va BMTga Eron ustidan arz qildi.
LiveBarchasi