Iroqdagi AQSH elchixonasiga raketa zarbalari berildi
Olam
−
27 yanvar 2020 10215 1 daqiqa
26 yanvarning tunida AQSHning Iroqdagi elchixonasi hududiga besh marta raketa zarbasi berildi. Bu haqda Kurdistan 24 telekanali xabar bermoqda.
“Katyusha” turidagi beshta raketa “yashil hududga” zarba berdi, jabrlanganlar yo‘q”, deb xabar bergan telekanal.
Bag‘doddagi “yashil hudud”ga bir nechta G‘arb davlatlarining elchixonalari va hukumat muassasalari – parlament, Vazirlar mahkamasi va prezdium kiradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zarbalar tufayli ayrim binolar zarar ko‘rgan.
Iroq hukumati rahbari vazifasini bajaruvchi Odil Abdul Mahdiy bo‘lib o‘tgan voqeaga izoh berar ekan, uni qoralab “tajovuz”li harakat deb atadi.