Iroq Bosh vaziri Rossiyaga bordi

Olam

image

Iroq Bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy tashrif bilan Rossiya poytaxtiga yetib bodi. Bosh vazirning samolyoti “Vnukovo-2" aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Rossiya tomonidan Iroq Bosh vazirini Rossiya Prezidentining Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov va Rossiyaning Iroqdagi elchisi Elbrus Kutrashev kutib olgan.

Bugun, 10 oktyabr kuni Kremlda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Iroq Bosh vaziri o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Moskvada Falastin Prezidenti Mahmud Abbosning tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Iroq Muhammad al-Sudaniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing