Iroqda 5 ta xudkush-jangari yo‘q qilindi
Olam
−
21 fevral 2019
2984Iroq harbiylari va iroq razvedkasi agentlari tomonidan mamlakatning shimolida “Islom davlati” terrorchilik tashkilotiga a’zo 5 ta xudkush-jangarisi yo‘q qilindi.
Harbiy operatsiya mamlakatning shimoli-g‘arbida amalga oshirilgan. Pistirmaga tushgan jangarilar o‘zlari ketayotgan avtomashina bilan birga qurshovga olingan va o‘ldirilgan.
“Islom davlati” jangarilari 2014 yilda Iroqning uchdan bir qismini qo‘lga kiritib Mosul shahrini “xalifaliklarining” poytaxti deya e’lon qilishgan edi. 2015 yilda Iroq hukumati xalqaro koalitsiya ko‘magi ostida mamalakatni ozod qilish uchun kurashni boshladi. Terrorchi guruhlarning butunlay tor-mor qilingani to‘g‘risidagi xabar 2017 yilning dekabr oyida tarqaldi, ammo hozirda xam mahalliy qurolli kuchlar mamlakatning turli yerlarida hujum qilayotgan jangarilarga qarshi harbiy harakatlarni olib bormoqdalar.