Irlandiyalik basketbolchi qizlar isroillik raqiblari bilan qo‘l berib ko‘rishmadi (video)

Sport

image

Basketbol bo‘yicha Irlandiya ayollar terma jamoasi 2025 yilda Latviya poytaxti Riga shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati saralash bahsi oldidan Isroil terma jamoasi a’zolari bilan qo‘l berib ko‘rishmaslikka qaror qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Irlandiya jamoasi sportchilari zaxira o‘rindig‘i yonida saf tortgan va o‘yin oldidan madhiyalar yangrayotgan paytda arena markaziga bormagan.

Shuningdek, 5 nafar irlandiyalik basketbolchi bahsda ishtirok etishdan butunlay bosh tortgan.

Qayd etilishicha, irlandiyaliklar o‘yin startidan avval tashkilotchilarni yuqoridagi holat bo‘yicha ogohlantirgan.

G‘azo sektoridagi voqealar Isroildan neytral maydonga ko‘chirilgan uchrashuv 87:57 hisobida Isroil foydasiga hal bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Basketbol Irlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing