Irqchilikka qarshi namoyishlar Janubiy Afrikaga qadar yetib bordi

Olam

image
Afroamerikalikning qotili 40 yilga qamalishi mumkin north_east

Afroamerikalikning qotili 40 yilga qamalishi mumkin

Afroamerikalik Jorj Floyd vafotidan keyin boshlangan katta noroziliklar to‘lqini Janubiy Afrikaga qadar yetib bordi.

Bir necha ming namoyishchi Yoxannesburg, Pretoriya va Keyptaun ko‘chalarida qora tanlilarni himoya qilish shiori ostida yurish qilishdi. Bu haqda ENCA telekanali xabar bermoqda.

Floyd bilan bog‘liq vaziyatda Amerika politsiyasining harakatlarini qoralashdan tashqari, namoyishchilar koronavirus karantini paytida Janubiy Afrika politsiyasining qattiq choralariga qarshi norozilik bildirishdi.

"Xavfsizlik kuchlari Janubiy Afrikada, asosan, kambag‘al hududlarda joylashtirildi. Boy hududlar politsiya zo‘ravonligidan himoya qilindi", dedi Janubiy Afrikaning Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar instituti xodimi Tito Masiangoako.

Namoyishchilarning ta’kidlashicha, karantin davrida politsiyaning harakatlari natijasida kamida 10 nafar mahalliy aholi, asosan, qora tanlilar o‘ldirildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Minneapolis politsiyasi afroamerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Qo‘lga olish paytida politsiyachi erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turadi. Floyd “men bo‘g‘ilyapman”, deb bir necha marta aytgan. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari bunga e’tibor bermagan. Oqibatda, erkak reanimatsiyada vafot etgan. Bu AQSHda ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.


Maqola muallifi

Teglar

Jorj Floyd Janubiy Afrika

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing