Afroamerikalikning qotili 40 yilga qamalishi mumkin
Olam
−
09 iyun 2020
8328Afroamerikalik Jorj Floydni o‘ldirishda ayblangan sobiq politsiya xodimi Derek Shovinni ozod qilish uchun sud tomonidan 1,25 million dollar garov puli belgilandi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Shovin ishi bo‘yicha birinchi sud majlisida sudya Dinnis Riding tegishli qaror qabul qildi. Shartlarga qo‘shilmagan "shartsiz garov"ning hajmi 1,25 million dollarni tashkil qiladi. Agar Shovin sud tomonidan belgilangan qoidalarga rioya qilsa, uning miqdori bir million dollargacha kamayadi.
Sudning shartlariga quyidagilar kirdi: keyingi sud majlisida ishtirok etish, o‘qotar qurol va unga tegishli maxsus hujjatlarni topshirish, Minnesota shtatidan chiqib ketmaslik va Floydning qarindoshlari bilan aloqa qilmaslik majburiyati. Keyingi sud majlisi 29 iyun kuni bo‘lib o‘tishi belgilandi.
Dastlab, Shovin uchinchi darajali qotillikda (bexosdan odam o‘ldirish) ayblangan. Ikkinchi darajali qotillik 40 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. Buni keyingi sud majlisida bilib olish mumkin, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi