Video: “Ippodrom” va “O‘rikzor” bozorlari yaqinidagi yo‘llarga kuzatuv kameralari o‘rnatildi

Jamiyat

“Chilonzor” buyum bozori va “O‘rikzor” savdo majmuasi joylashgan yo‘llarda kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Bu haqda “Davr” informatsion dasturi lavhasida ma’lum qilindi.

Kameralar bozor atrofida, taqiqlangan joyda avtomobilini qoldirib ketayotgan haydovchilarni jarimaga tortishga mo‘ljallangan.

“Chilonzor” buyum bozori va “O‘rikzor” savdo majmuasi oldiga tirbandlikning oldini olishga xizmat qiladigan “to‘xtash taqiqlanadi” belgisi ostida qoldirilgan avtomobillarni qayd qilib boradigan 4 ta aylanma statsionar kuzatuv kameralari o‘rnatildi.

Kamera avtomobil to‘xtagandan so‘ng aynan vaqtni belgilaydi. Oradan 1 daqiqa o‘tgach, kamera o‘sha joyga qaytadi va mashina turgan bo‘lsa, vaqt va fotosuratni qayd etadi. Bu jarayonda hech qanday inson omili yo‘q. Bu degani kamera 100 foiz avtomatik tarzda ishlaydi.

YPX xodimining so‘zlariga ko‘ra, kamera avtomobil raqamini aniqlab, O‘zbekiston pochtasiga yuboradi. Pochtadan begilangan vaqt va belgilangan tartibda haydovchining uyiga qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygani haqida ogohlantirish xati yuboriladi.

Ma’lumot uchun, ushbu kameralar joriy yilning 10 iyulidan qoidabuzarliklarni qayd etib, jarima yozishni boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

bozor kuzatuv kamerasi qoidabuzarlik

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing