iPhone’da firibgarlarga qo‘l keluvchi jiddiy muammo topildi 

Texnologiya

image

iPhone smartfonlarida tajovuzkorlarga shaxsiy foydalanuvchi ma’lumotlarini o‘g‘irlash imkonini beruvchi jiddiy muammo aniqlandi. Bu haqda “Mydrivers” xabar bermoqda.  

Ta’kidlanishicha, muammo kiberxavfsizlik uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi ZecOps kompaniyasida aniqlangan. NoReboot deb nomlangan dastur smartfonni o‘chirish yoki qayta ishga tushirishni taqlid qiladi. Ushbu rejimda kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va xabarlar bildirishnomalari, tebranish, ekran va kamera indikatori ishlamaydi. Displeyda foydalanuvchini chalkashtirib yuborish uchun qurilmani yoqish animatsiyasi aks etadi. 

Soxta o‘chirish holatida tajovuzkor iPhone mikrofoni va kamerasiga, shuningdek, smartfonda saqlangan shaxsiy ma’lumotlarga masofadan kirish huquqiga ega bo‘ladi. Foydalanuvchi bu haqda bildirishnoma olmaydi. 

ZecOps ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu muammoni hali bartaraf etib bo‘lmaydi. Muammo iOS’ning istalgan versiyasiga ega barcha iPhone’larga ta’sir qiladi. 

Avvalroq, joriy yilning sentyabr oyida taqdim qilinishi kutilayotgan Apple kompaniyasining iPhone 14 smartfonida boshqa iPhone modellarida bo‘lgan kabi displeydagi hoshiya bo‘lmasligi aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

iPhone Apple

Baholaganlar

387

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing