iPhone 15 sotuvga chiqadigan kun ma’lum bo‘ldi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Uzoq kutilgan iPhone 15 smartfoni 13 sentyabrda namoyish qilinishi mumkin. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHning yirik aloqa operatorlari smartfonlar bozoridagi yirik namoyish tufayli xodimlaridan 13 sentyabr kuni dam olmaslikni so‘ragan.

Agar Apple iPhone 15 Pro’ni 13 sentyabrda namoyish etsa, oldindan buyurtmalar katta ehtimol bilan 15 sentyabrdan, sotuvlar esa 22 sentyabrdan boshlanadi.

Avvalgi berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 15 Pro sotuvida gadjet yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin va shuning uchun, Apple eski modellar sotuvini ham boshlaydi. O‘tgan yili iPhone 14 Plus sotuvi yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar tufayli boshqa versiyalarga qaraganda deyarli bir oy kechroq boshlangan. Shunga o‘xshash kechikish 2020 yilda sodir bo‘ldi, bu iPhone 12 Pro Max va 12 Mini`ning chiqarilishiga ta’sir qildi.

Eslatib o‘tamiz, iPhone'ning navbatdagi avlodi 4 seriyada chiqarilishi va kompaniya tarixidagi eng qimmat telefon bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Apple gadjet iPhone 15 sotuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing