iPhone 13 Pro smartfonlarining suratlari tarqaldi

Texnologiya

image

Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 13 Pro smartfonlarining ikkita yangi — kulrang va binafsha rangdagi yuqori sifatli suratlari tarqaldi.  

Bu haqiqiy smartfonlar yoki ularning aniq maketi ekani haqida tasdiqlangan ma’lumotlar yo‘q. Biroq, ma’lumki, uzoq vaqtdan beri smartfonlar blogerlar orasida tarqalib keladi, chunki aksessuar ishlab chiqaruvchilar ular uchun g‘iloflar yaratadi. 

Fotosuratlarga qaraganda, iPhone 13 Pro’ning asosiy sovg‘asi ularda quvvatlantiruvchi qurilma uchun ulagichning yo‘qligi. Fotosuratdan aniq ko‘rinib turibdiki, smartfonlarning pastki qismida, Ligthning ulagichi bo‘lgan joyda hozirda ikkita kichik magnitli kontakt mavjud. 

Ma’lumot o‘rnida, iPhone 13 Pro liniyasining rasmiy taqdimoti shu yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Apple iPhone 13 ni topish qiyin bo‘lgan mahsulot bo‘lishidan ogohlantirgan. 

Avvalroq, Xitoyning Chjenchjou shahridagi Foxconn kompaniyasi tomonidan boshqariladigan dunyodagi eng yirik iPhone yig‘ish zavodi shahardagi suv toshqini ortidan xodimlar tanqisligiga duch kelayotgani haqida xabar bergandik. Bu esa yangi smartfonlarning chiqarilishiga ta’sir qilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

iPhone 13 Pro

Baholaganlar

187

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing