iPhone 13 Pro'ni buzib kirganlarga 330 ming dollar berildi
Texnologiya
−
18 Oktabr 2021
16022Kiberxavfsizlik bo‘yicha Tianfu Cup 2021 xalqaro musobaqasida Xitoyning “Oq xakerlar” jamoasi iPhone 13 Pro smartfonini buzishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “iGuides” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Pangu Lab laboratoriyasining bir guruh mutaxassislari masofadan turib Jailbreak dasturi yordamida qurilmaga kirgan. Qizig‘i shundaki, iPhone 13 Pro'ni buzib kirish uchun bor yo‘g‘i bir daqiqa kerak bo‘lgan.
Xakerlarning aytishicha, ular iOS 15 operatsion tizimidagi bir nechta zaifliklardan foydalanishgan, shundan so‘ng qurilmadagi rasmlar, kontaktlar, ilovalar va boshqa ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lishgan.
Muhandislarning ta’kidlashicha, iPhone 13 Pro ustidan "masofadan turib" boshqaruvni olish uchun Safari brauzeridagi maxsus havoladan foydalanish kerak.
iPhone 13 Pro'dagi ma’lumotlarga masofadan kirgani uchun Pangu Lab guruhiga 330 000 AQSH dollari pul mukofoti berilgan. An’anaga ko‘ra, xakerlik tafsilotlari yaqin kelajakda oshkor qilinmaydi va topilgan kamchiliklar haqidagi barcha ma’lumotlar Apple kompaniyasiga ularni bartaraf qilishi uchun taqdim etiladi.
LiveBarchasi