iPhone 13 qachon ommaga namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi 

Texnologiya

image
Xiaomi ilk bor jahon bozorida Apple’ni ortda qoldirdi  north_east

Xiaomi ilk bor jahon bozorida Apple’ni ortda qoldirdi 

Apple kompaniyasi joriy yilda yangi avlod smartfonlarini chiqarish uchun odatiy jadvaliga qaytadi. Bu haqda “LeaksApplePro” kompaniyadagi manbasiga asoslanib xabar bermoqda.  

Manbaga ko‘ra, taqdimot 14 sentyabrga rejalashtirilgan. iPhone 13 ga oldindan buyurtma berish 17 sentyabrdan boshlanadi va 24 sentyabrdan ayrim mamlakatlarga yetkazib berish start oladi. 

Ta’kidlanishicha, AQSHning har beshinchi aholisi ushbu nomdagi “13” raqamidan qo‘rqqani sababli iPhone’ning keyingi avlodini sotib olishdan voz kechishga tayyor. 

Ma’lumot o‘rnida, Apple iPhone 12 mini smartfoni yaxshi sotilmagani sababli, uni ishlab chiqarishni to‘xtatgani haqida xabar bergan. 

Avvalroq, Xitoyning texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Xiaomi birinchi marta jahon telefon bozorida ikkinchi o‘rinni egallab, Apple’ni ortda qoldirgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

iPhone Apple

Baholaganlar

347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing