IPhone 12 ning imkoniyatlari va tashqi ko‘rinishi haqida ma’lumotlar tarqaldi (video)

Texnologiya

Metroning yangi stansiyalariga QALAMPIR bilan videosayohat north_east

Metroning yangi stansiyalariga QALAMPIR bilan videosayohat

Kupertinoliklarning hali rasman taqdim etilmagan iPhone 12 smartfonining imkoniyatlari haqida taxminiy ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Slashleaks veb-saytida iPhone 12 smartfonining funksiyalari namoyish etilgan video e’lon qilindi.

Videoda bizga sozlamalar menyusi ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, foydalanuvchilar o‘zlari kamerani turli xil rejimlarga sozlashlari mumkin. Shuningdek, tungi rejim ham yaxshilangan, 120 va 240 gs chastotada 4K video yozuvlar, shovqinni pasaytirish, masshtab qurilmalari xam yangilangan. Bundan tashqari, foydalanuvchilar lazer diapazoni qidiruvchisini yoqishi va o‘chirishi mumkin.

Ekranning yuqori qismidagi ulkan kesishuv ham o‘z o‘rnida qolgan. U yerda oldi ekranga o‘rnatilgan kameralar tizimi va turli xil sensorlar joylashgan. iPhone X ishlab chiqarilgandan beri, ushbu kesishuv deyarli o‘zgarishsiz qoldi.

Yangi modellar oldingi uchta avlod smartfonlaridan asosan “o‘tkir” qirralar bilan farqlanishi kutilmoqda. Yangi iPhone dizayni iPad Pro va klassik iPhone 4/4S'ga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Taqdim qilinadigan yangi rusumdagi iPhone, A14 protsessori bilan jihozlanadi.

iPhone muxlislari, muxbirlarning taxmin qilinishicha iPhone o‘z yangi modellar namoyishini 7 sentyabrdan oldin o‘tkazmaydi. Ammo pandemiya sabab taqdimot yanada kechiktirilishi mumkin.

Jasurbek Tursunboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Apple IPhone 12 IPhone

Baholaganlar

174

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing