“Ipak yo‘li durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivali qoldirildi
Madaniyat-san’at
−
03 Oktabr
4810Joriy yilning 15-19 sentyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ipak yo‘li durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivalining muddatlari ko‘chirildi. Bu haqda Toshkent xalqaro kinofestivali matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston bu yil ko‘plab e’tiborga molik yirik xalqaro tadbirlarning markaziga aylangan. Ularning o‘tkazilish sanalari Kinofestival kunlariga to‘g‘ri kelgan. Xususan, Futzal bo‘yicha Jahon chempionati va bir nechta boshqa xalqaro forum va konferensiyalar, shular jumlasidan. Shu bilan birga, Kinofestivalning tanlov dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabuli to‘xtatilganiga qaramay (60 dan ortiq davlatdan 400 dan ortiq filmlar), xorijiy mamlakatlardan ishtirok uchun talabgorlarning so‘rovlari davom etmoqda.
“Bu o‘z navbatida Kinofestivalni o‘tkazish kunlari bilan bog‘liq rejalarimizga o‘zgartirish kiritishni taqozo qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kinofestivalda mashhur hind kino yulduzi Hema Malini va kinorejissyori Umesh Mehra ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi