Intrigasiz sovrin egasini topdi
Sport
−
31 Oktabr 2023
10243Argentinalik to‘p ustasi Lionel Messi 2022/2023 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha “France football” nashri tomonidan topshiriladigan yilning eng yaxshi futbolchisi uchun sovrin – “Oltin to‘p”ni qabul qilib oldi.
Fransiya poytaxti Parijdagi “Shatle” teatrida bo‘lib o‘tgan marosimda Messi norvegiyalik Erling Xoland va fransiyalik Killian Mbappeni ortda qoldirib, faoliyatidagi 8-“Oltin to‘p”ga ega chiqdi. Messining mazkur sovrinni qo‘lga kiritishida uning o‘tgan yili Argentina bilan Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgani bosh omil bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Inter Mayami” a’zosi faoliyatidagi 1-“Oltin to‘p”ga 2009 yili “Barselona” safida ega chiqqan. Shuningdek, Leo 2010,2011,2012,2015,2019 va 2021 yillarda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan.
LiveBarchasi