Interpolning sobiq rahbari uzoq yilga qamaldi
Olam
−
21 yanvar 2020
7173Xitoy sudi Interpolning sobiq rahbari Men Xunveyga 13,5 yillik qamoq jazosini tayinladi. U poraxo‘rlikda ayblanmoqda. Bu haqda CCTV xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, sudlanuvchi hukm ustidan shikoyat qilish niyatida emas.
Ma’lumot o‘rnida: 2018 yilning kuzida Interpolning sobiq rahbari g‘oyib bo‘lib qolgandi. Keyinchalik, ma’lum bo‘ldiki, Xunvey qonunni buzganlikda ayblanib, Xitoyda qo‘lga olingan ekan.
Xitoy hukumati Xunveyni korrupsiya ishida aloqador deb hisoblagan, deb yozgandi ommaviy axborot vositalari.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi