Interpolga yangi prezident saylandi. U qiynoqlarda ayblangan

Olam

image
0:00
0:00
download

Interpolga Birlashgan Arab Amirliklaridan bo‘lgan general-mayor Ahmad Nosir ar-Raisi saylandi. Tegishli qaror tashkilotning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Bosh assambleyasining 89-sessiyasida qabul qilindi.

“Birlashgan Arab Amirliklaridan bo‘lgan janob Ahmad ar-Raisi prezident etib saylandi (to‘rt yilga)”, deyiladi tashkilotning Twitter  sahifasidagi bayonotda. 2018 yildan beri Interpol prezidenti lavozimini janubiy koreyalik Kim Chjon Yan egallab keladi.

Interpol prezidenti lavozimiga saylangan BAA ichki ishlar vazirligi general-mayori Ahmad Nosir ar-Raisi o‘z faoliyatini 1980 yilda Abu-Dabi politsiyasida boshlagan. Olti yil o‘tib, u o‘g‘irlikning oldini olish bo‘limi xodimi bo‘ldi. U London universitetida jamoat xavfsizligi bo‘yicha magistr va doktorlik darajasini olgan. Shariy tibbiyot va texnologiya instituti boshlig‘i, shuningdek, IIV Axborot departamentida Texnologiya va axborot boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2005 yilda u Abu-Dabi politsiyasining umumiy operatsiyalar bo‘yicha bosh direktori etib tayinlangan. Interpol rahbari lavozimiga tayinlanguniga qadar 2015 yildan BAA Ichki ishlar vazirligi bosh inspektori, Birlashgan Arab Amirliklari Amerika universiteti ilmiy kengashi rahbari, shuningdek, Interpol ijroiya qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan.

Uning bu lavozimga tayinlanishi bir qator Yevropa inson huquqlari tashkilotlari tomonidan tanqid qilingan. Amirlik generali o‘z mamlakatida siyosiy mahbuslarni qiynoqqa solishda aloqadorlikda ayblanadi, unga qarshi Turkiya va Fransiyadan siyosiy boshpana olganlar tomonidan sudga da’vo qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Interpol

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing