Interpol qidiruviga berilgan o‘zbekistonlik Sochida ushlandi

3-sahifa

image

Sochida politsiya xodimlari Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini 7,6 ming dollarni firibgarlik bilan o‘zlashtirishiga oid ish bo‘yicha qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha bosh boshqarmasining Telegram-kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik ekstraditsiya masalasi hal etilmaguncha hibsda qoladi.  

“Sochida Rossiya Ichki ishlar vazirligining Interpol milliy markaziy byurosi Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha bo‘limi xodimlari va IIV Ichki ishlar boshqarmasi (Adler tumani) jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari bilan birgalikda 48 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini qo‘lga oldi. Hozirda qo‘lga olingan shaxs ekstraditsiya masalasi hal etilmaguncha hibsda qoladi”, deyiladi xabarda. 

Aniqlik kiritilishicha, erkak firibgarlik ishi bo‘yicha Interpol qidiruviga berilgan, yetkazilgan zarar miqdori 7,6 ming AQSH dollarini tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Interpol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing