Interpol qidirayotgan ikki o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
3-sahifa
−
11 yanvar
9823O‘zbekistonda odam savdosi jinoyatida gumonlanib, Interpol tomonidan qizil bildirishnoma bilan qidiruvga berilgan ikki ayol – Dilnoza Umarova va Mavluda O‘lmasova Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoyaning ma’lum qilishicha, Istanbulda o‘tkazilgan “Qafas-30” operatsiyasi chog‘ida Interpol tomonidan qizil bildirishnoma va 6 davlat tomonidan qidiruvga berilgan 10 kishi qo‘lga olingan.
Unga ko‘ra, Istanbul politsiya boshqarmasi Immigratsion kontrabanda bo‘limi tomonidan 46 guruh va 117 xodim ishtirokida Eron, Janubiy Koreya, Suriya, Xitoy, O‘zbekiston va Shveysariya tomonidan Interpol qizil bildirishnomasi chiqarilgan 10 kishiga qarshi “Qafas-30” operatsiyasi o‘tkazilgan.
Unda Shveysariyada firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan Tayguo Liu, Eronda firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan Paria Gasemi, pul yuvishda ayblangan Omid Alaghi, firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan Reza Faxr Attar, firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan Edris Moradi, Janubiy Koreyada qimor o‘ynagani uchun qidiruvda bo‘lgan Taye Yong Sung, Suriyaga muhojirlar kontrabandasi bilan shug‘ullangani uchun qidiruvda bo‘lgan Ali Abouyeg, Xitoyda muhojir kontrabandasi uchun qidiruvda bo‘lgan Xin An, O‘zbekistonda odam savdosi bilan shug‘ullangan Dilnoza Umarova va Mavluda O‘lmasova qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni Interpol tomonidan qizil bildirishnoma bilan “Xalqaro odam savdosi” jinoyati doirasida qidiruvga berilgan, xalq orasida “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan, 1989 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Mirxanova Nilufar Abduraimovna Turkiyaning Chanoqqal’a viloyati Ayvajik tumanida ushlangan edi.
Ko‘p o‘tmay, O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida bir qancha jinoyatlar sodir etib qidiruvga berilgan yana 7 nafar O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olingani ochiqlandi.