Internet tezligi va narxi haqidagi savolga javob berildi

Jamiyat

image

2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirilgan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov ma’lum qildi.

Nega internet tezligi hamma joyda bir xil emas, narxlar ham qimmat?

"2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirildi. Internet provayderlariga Respublikaning turli hududlaridan tarmoqqa ulanish yagona tartibda va bir xil narxlarda tashkil etildi.

O‘zbekistonda internet tezligi 6 foizga, mobil internet tezligi esa 18 foizga oshgan", deydi Sherzod Ahmatov.

Avvalroq, internet tezligining dunyo bo‘yicha yangi rekordi qayt etilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Internet

Baholaganlar

225

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing