Isroil HAMASga quruqlikdan hujum qildi. Internet va aloqa uzildi

Olam

image

Kecha, 27 oktyabr kuni Isroil tomonidan G‘azo sektorining kuchli bombardimon qilinishi ortidan hududdagi barcha telekommunikatsiya xizmatlari to‘liq o‘chirib qo‘yilgan. Hududga yoqilg‘i kiritilishining cheklanishi oqibatida butun hudud qorong‘ulikda qoldi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar berdi.

Bu G‘azoda urush boshlanganidan beri eng jiddiy aloqa uzilishi bo‘lib, falastinliklarning tashqi dunyo bilan aloqasi batamom uzilgan.

"Biz barcha aloqa va internet xizmatlarining to‘liq to‘xtatilganini e’lon qilishdan afsusdamiz. So‘nggi bir soat ichida kuchli portlashlar oqibatida G‘azoni tashqi dunyo bilan bog‘laydigan qolgan barcha xalqaro kanallar yo‘q qilindi", degan G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilda internet va mobil aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi Paltel provayderi. 

Butun dunyo bo‘ylab internet ulanishlarini kuzatuvchi Kaliforniyada joylashgan Kentik kompaniyasining internet-tahlil bo‘limi direktori Dug Medori CNN’ga G‘azoda davom etayotgan portlash va gumanitar inqirozni hisobga olgan holda, aloqani tiklash bir necha kun yoki undan ko‘proq vaqt olishi mumkinligini aytgan.

Ba’zi nashrlar Isroil G‘azodagi aloqa uzilishi ortidan o‘zining quruqlikdagi hujumini boshlaganini ma’lum qilgan.

"Biz Isroilning Bayt Xanun(G‘azoning shimoli) va G‘azoning markazidan uyushtirgan hujumlarini qaytardik", deyiladi HAMASning "Al-Arabiya" nashri tomonidan chop etilgan bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Internet Isroil HAMAS aloqa uzildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing