“Inter” yurak hurujiga uchragan Eriksen bilan shartnomani bekor qiladi

Sport

image

Milanning “Inter” klubi yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan shartnomani tugatishga yaqin turibdi. Bu haqda italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skira xabar berdi.

29 yoshli daniyalik futbolchi va “neradzurrilar” tez orada shartnomani bekor qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Evro-2020 o‘yinida yurak xurujidan so‘ng, Erkisenga implantatsiya qilinadigan kardioverter defibrilyator o‘rnatilgan edi. Bu esa reglamentga ko‘ra Italiyada futbol o‘ynashga imkon bermaydi.

Eriksen Daniyadagi sobiq jamoasi “Odense”ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.

Ma’lumot uchun, daniyalik futbolchi Yevro-2020 doirasida Daniya – Finlyandiya (0:1) o‘yini paytida yurak hurujiga uchrab, hushini yo‘qotgandi. Futbolchilar va o‘z vaqtida ko‘rsatilgan shifokorlarnig dastlabki yordami sababli uning hayoti saqlab qolingan edi.

"Tottenxem" klubining sobiq bosh shifokori Sanjay Sharma esa, Eriksenning sog‘ligida avval nuqson bo‘lmagani va bu holat koronavirus bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgandi. Uning ta’kidlashicha, virus yurakda mayda chandiqchalar hosil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Inter Daniya Eriksen

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing