“Inter” “Napoli” to‘purari uchun 15 mln yevro va Sanchesdan voz kechishga tayyor

Sport

image

Italiyaning “Inter” klubi “Napoli” yarim himoyachisi Lorenso Insineni sotib olishi mumkin.

“Corriere dello Sport” nashri xabariga ko‘ra, “Inter” direktori Beppe Marotta italiyalik yarim himoyachi  Lorenso Insine uchun 15 million yevro va Aleksis Sanchesni berishga tayyor.

Milan shahri jamoasi Insine uchun yiliga 6 million yevro maosh bilan shartnoma taklif qiladi. Ehtimol, “Inter” yanvar oyiga qadar muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, “Napoli” o‘z sardorini 30 million yevroga sotishi mumkin. Neapol jamoasi Sanches variantiga qiziqmaydi, chunki u yuqori maosh (yiliga 7 million yevro) evaziga o‘ynaydi.

Hozirda Insine “Napoli” bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi.

30 yoshli hujumchi A Seriyaning o‘tgan mavsumida 35 o‘yinida 19 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Shuningdek, Italiya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida g‘olib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Napoli Futbol Inter Aleksis Sanches Lorentso Insin'e

Baholaganlar

8

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing