“Inter” inqirozdagi “Yuve”dan Superkubokni tortib oldi

Sport

image

Bugun, 13 yanvar kuni Milan shahridagi “San-Siro” o‘yingohida “Inter” “Yuventus”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. 

O‘tgan mavsumda Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan “neradzurrilar” ushbu uchrashuvda “Yuve”dan yaxshiroq holatda ekanini isbotladi. Jamoa o‘yinni to‘liq nazorat qildi, ko‘proq vaziyatlar yaratdi.

Biroq “Keksa Sinora” birinchi bo‘lib hisobni ochdi. Ammo goldan so‘ng, Massimiliano Allegri shogirdlari yomonroq harakat qila boshladi. Shu bilan birga ko‘plab vaziyatlar yaratib, “Inter” ularni golga aylantira olmadi.

Bunga sabab “zebralar” darvozaboni Matia Perin juda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, jamoasini bir nechta muqarrar goldan qutqarib qoldi. Oxir-oqibat, Lautaro Martines penaltidan hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda “Inter” raqibga bosim qilish va o‘z imkoniyatlarini ham behuda o‘tkazishda davom etdi. Ekstra-taymlarning so‘ngi daqiqasida Simone Indzagi shogirdlari g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘ldi. “Inter”ga Italiya Superkubogini keltirgan golga Aleksis Sanches mualliflik qildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Inter Superkubok

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing