Instagram voyaga yetmaganlarni himoya qilish bo‘yicha yangi choralar e’lon qildi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Instagram ijtimoiy tarmog‘i platformadan foydalanishda voyaga yetmaganlarni himoya qilish bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi. 

Xususan, voyaga yetmaganlarni kattalar bilan istalmagan muloqotdan himoya qilish uchun katta foydalanuvchilar o‘spirinlarga obuna bo‘lmagan taqdirda, ularga shaxsiy xabar yozolmaydigan funksiya joriy etiladi. 

Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarga ular bilan "do‘st" bo‘lmoqchi bo‘lgan kattalarning shubhali xatti-harakatlari bo‘yicha xabar beriladi. 

"Masalan, agar kattalar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga ko‘plab do‘stlik so‘rovlari yoki xabarlar yuborgan bo‘lsa, biz bu haqda ularni ogohlantiramiz", deyilgan xabarda. 

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq shubhali yo‘l tutgan kattalar uchun o‘spirin bilan muloqot qilishni qiyinlashtiradigan usullarni o‘rganmoqchi. 

Masalan, bunday kattalarga "Tavsiya etilgan foydalanuvchilar" bo‘limida voyaga yetmaganlarning akkauntlarini ko‘rishga ruxsat berilmasligi mumkin. 

Instagram shuningdek, foydalanuvchilarning yoshini tekshirish mexanizmini takomillashtirishni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bolalar ijtimoiy tarmoq

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing