Instagram va Facebook reklamalarsiz tariflar ustida ishlamoqda

Texnologiya

image

Meta Facebook va Instagram'ning Yevropa Ittifoqidagi foydalanuvchilari uchun reklamasi bo‘lmagan pullik versiyalarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi.

Bunda Facebook va Instagram obunalari uchun pul to‘lagan foydalanuvchilar reklamalarni ko‘rmaslik imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shunga qaramay kompaniya tekin obunani ham cheklamaydi.  Bu Meta`ga maxfiylik bilan bog‘liq muammolar va Yevropa Ittifoqining boshqa tekshiruvlaridan xalos bo‘lishga yordam berishi mumkin.

Ilovalarning pullik versiyalari uchun narx qancha etib belgilanishi hamda kompaniya ularni qachon chiqarishi haqida hozircha ma’lumot bermagan.

Ma’lumot uchun, iyul oyida Yevropa Ittifoqining Oliy sudi Meta`ga foydalanuvchilardan rozilik olmagan taqdirda o‘z platformalarida ular to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlarni tarqatishni taqiqlab qo‘ydi. Yanvar oyida esa kompaniya Irlandiya regulyatorlari tomonidan Facebook foydalanuvchilarini reklamalarni qabul qilishga majburlagani uchun 390 million yevro (423 million 500 ming AQSH dollari) jarimaga tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, Facebook platformasiga egalik qiluvchi Meta korporatsiyasi Norvegiyada maxfiylik shartlarini buzgani uchun joriy yilning 14 avgust kunidan buyon har kuni 100 ming dollardan jarima to‘laydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Facebook Instagram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing