Instagram va Facebook butun dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi 

Olam

image

Bugun, 5 mart kuni Meta kompaniyasiga tegishli Facebook, Messenger va Instagram tarmoqlarida butun dunyo bo‘ylab uzilishlar sodir bo‘ldi, yarim milliondan ortiq foydalanuvchi ijtimoiy media ilovalariga kira olmadi.

Uzilishlar boshqa yirik ijtimoiy media ilovalariga, jumladan TikTok, Snapchat va YouTube video platformasiga ham ta’sir ko‘rsatdi.

Yevropa va Osiyo, shuningdek, AQSHda qayd etilgan uzilishlar boshlanganidan deyarli bir soatdan keyin ham hal etilmagan.

“Odamlar bizning xizmatlarimizga kirishda muammolarga duch kelayotganini bilamiz. Biz hozir bu ustida ishlamoqdamiz”, deb yozdi Meta matbuot kotibi Endi Stoun X ijtimoiy tarmog‘ida.

Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, Facebook tarmog‘idagi uzilishlar haqida 566,7 mingdan ortiq xabar kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Facebook Instagram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing