Instagram tug‘ilgan sanasini kiritmagan foydalanuvchilarga taqiq qo‘ymoqchi

Texnologiya

image

Instagram foydalanuvchilari shaxsiy ma’lumotlarni kiritishdan bosh tortsa, ularning xizmatdagi postlarga kirishi to‘sib qo‘yiladi. “The Verge” xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq tug‘ilgan sanani kiritishni talab qila boshlagan.  

Qayd etilishicha, yangi talab 2019 yilda joriy qilingan, lekin foydalanuvchining akkaunti undan oldin ochilgan bo‘lsa, u bu talabni chetlab o‘tishi mumkin edi. 

Endi esa kompaniya Instagram’ga kirgan har bir kishidan shaxsiy ma’lumotlarni talab qilmoqda. Xizmatning press-relizida aytilishicha, ilova har ochilganda so‘rov paydo bo‘ladi. Hozircha uni yopib, postlarni ko‘rish mumkin. 

Biroq, vaqt o‘tishi bilan Instagram tug‘ilgan sanasini ko‘rsatmaganlarga kirishni
yopib qo‘ymoqchi. 

Kompaniya yangi talablarni kichik auditoriyaga mos bo‘lmagan kontent mavjudligi bilan izohlaydi. Hozirgi vaqtda esa bunday xabarlar ataylab xiralashtirib qo‘yilgan. 

Endi bunday fotosuratlar yoki videolarga o‘tishda ular tug‘ilgan kunini yana to‘liq kiritishi talab qilinadi. Shuningdek, Instagram’da foydalanuvchilarning haqiqiy yoshini va yolg‘on ma’lumotlar kiritganlarni aniqlash uchun sun’iy intellekt joriy etilishi mumkin. 

Agar sun’iy intellekt profilda ko‘rsatilgan yosh haqiqiy yoshga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblasa, foydalanuvchi tekshiruvdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Kompaniya tekshiruvning aynan qanday bo‘lishiga hozircha aniqlik kiritmagan. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham Instagram ijtimoiy tarmoqni voyaga yetmaganlar uchun xavfsizroq qilishga mo‘ljallangan yangiliklarni e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Instagram

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing