Instagram Ramzan Qodirovning o‘g‘illarini bloklab qo‘ydi

Olam

image

Instagram Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘illari Ali, Ahmad va Adam Qodirovning akkauntlarini, shuningdek, Qodirovning faoliyati bilan bog‘liq yana bir sahifani bloklab qo‘ydi. Bu haqda Respublikaning Milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot bo‘yicha vaziri Ahmad Dudayev ma’lum qildi.  

“Respublikaning turli internet platformalaridagi yetakchi akkauntlar bloklangan. Xususan, birinchi prezident, Rossiya Qahramoni Ahmad-Hoji Qodirov hamda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq sahifa, shuningdek, Ali, Ahmad va Adam Qodirovning Instagram'dagi akkauntlari ham”, deydi Ahmad Dudayev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Checheniston davlat teleradiokompaniyasi – “Grozniy”ning YouTube'dagi uchta kanali ham bloklangan.

“Ko‘rinib turibdiki, kichik Chechen Respublikasi xorijdagi “so‘z erkinligi” nazoratchilari orasida shunday qo‘rquvni uyg‘otadiki, ular axborot sohasida haqiqat ovozini bo‘g‘ish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda”, deydi u.

Dudayev shuningdek, mazkur blokirovkani tarafkashlik va ikkiyuzlamachilik deb atagan. 

“Bu haqiqiy ma’lumotni o‘rganishga intilgan ko‘p millionli auditoriyaning huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzishdir. Biz bunday qarorga qonuniy usullardan foydalangan holda e’tiroz bildiramiz”, degan Checheniston vaziri.


Maqola muallifi

Teglar

so'z erkinligi Ramzan Qodirov Instagram YouTube Ahmad Dudaev blokirovka Grozniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing