Instagram ilovaning maxsus versiyasi ustida ishlashni to‘xtatdi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Instagram ijtimoiy tarmog‘i Kids ilovasining maxsus versiyasini ishlab chiqishni to‘xtatdi. Bu haqda “The Independent” nashri xabar berdi.  

Bu ilova 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Instagram’ga kirishga ruxsat berardi. Instagram rahbari Adam Mosseri esa loyihaning to‘xtatilishini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, endi ishlab chiquvchilar 10 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga mo‘ljallangan ilova versiyasi ustida ishlaydi. Hozirda kompaniya siyosati 13 yoshga to‘lmagan har bir kishiga xizmatdan foydalanishni taqiqlaydi. 

Ta’kidlanishicha, amerikalik huquq himoyachilari va qonunchilar Instagram Kids xizmatining ochilishiga qarshi chiqqan. 

Avvalroq, Instagram foydalanuvchilari shaxsiy ma’lumotlarni kiritishdan bosh tortsa, ularning xizmatdagi postlarga kirishi to‘sib qo‘yilishi haqida xabar bergandik.  

Ma’lumot o‘rnida, ommabop Instagram 2010 yil oktyabr oyida ishga tushirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Instagram Kids

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing