Instagram foydalanuvchilari uchun yangi funksiya taqdim etadi
Texnologiya
−
25 iyun 2021 8616 1 daqiqa
Instagram ijtimoiy tarmog‘i ishlab chiquvchilari foydalanuvchilarga kompyuterdan fotosuratlarni yuklash imkoniyatini beradigan xususiyatni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda “Bloomberg” Facebook vakili Kristin Payga asoslanib xabar bergan.
“Biz bilamizki, ko‘p odamlar Instagram’dan kompyuter orqali foydalanadi. Ularga yanada qulaylik yaratish uchun biz postlarni brauzer orqali qo‘yish imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqdamiz”, degan kompaniya vakili.
Ta’kidlanishicha, postlarni kompyuter orqali qo‘yishda sxema o‘zgarmaydi: fotosurat yuklanadi, agar kerak bo‘lsa, tahrirlanadi va filtr qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, Instagram foydalanuvchilari haqoratli xabarlarni yashirishlari mumkin bo‘lgan funksiyani joriy qilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust